Tez tibbiy yordam yanada tezroq

Date:

Bugungi kunda tez tibbiy yordam xizmatida raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, dispetcherlik jarayonlari va kuch-vositalarni boshqarishga mo‘ljallangan MedData 103 elektron avtomatlashtirilgan tizimi, shuningdek, “Yandex Uzbekistan” bilan hamkorlikdagi loyiha xizmat samaradorligini sezilarli darajada oshirdi.

Raqamlashtirish natijasida chaqiruvlarni qabul qilish va brigadaga yetkazish vaqti bir necha barobarga qisqardi, tez tibbiy yordam mashinalarining yetib borish vaqti esa Toshkent shahrida o‘rtacha 10–15 daqiqagacha kamaydi. Shuningdek, tez yordamning kechikish holatlari 15 foizdan 8–9 foizgacha qisqartirildi.

Yandex Maps geokoderi yordamida manzillarni aniq uzatish va zarur hollarda ularni xarita orqali tezkor o‘zgartirish imkoniyati yaratildi. Ushbu raqamli yechimlarni yaqin kelajakda butun O‘zbekiston bo‘ylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun