Paxta yetishtirsa, subsidiya ajratiladi

Date:

Qishloq xo‘jaligida fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va paxta yetishtirish samaradorligini oshirish maqsadida yangi rag‘batlantiruvchi choralar joriy etilmoqda. Kelgusi yildan boshlab paxta hosilining kamida 50 foizini o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirgan fermer xo‘jaliklariga 5 foizlik subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, moliyaviy intizomga rioya qilgan, ya’ni soliq, lizing va kredit bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan fermerlar uchun imtiyozli kreditlar yanada qulay shartlarda taqdim etiladi. Endilikda ular uchun kredit stavkasi 2 foizgacha pasaytiriladi, bu esa fermerlarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida subsidiyalarni boshqarish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. Avval 6 ta vazirlik tomonidan berib kelingan 53 turdagi subsidiya endi faqat Agrar sohada to‘lovlar agentligi orqali amalga oshiriladi. Bu esa jarayonlarni soddalashtirib, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, fermer va dehqonlar subsidiyalarni olish uchun faqat elektron platforma orqali murojaat qiladi. Natijada subsidiya ajratish jarayonida shaffoflik ta’minlanib, mablag‘lar tez va manzilli yetkazilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun