Alp yigitlar qaydasiz?!

Date:

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash, jamiyatdagi faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.Ayniqsa, himoya orderlari instituti joriy etilgani ayollar xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim huquqiy mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda. Surxondaryo viloyatida joriy yil davomida berilgan himoya orderlari bo‘yicha keltirilgan raqamlar ushbu masalaning naqadar dolzarb ekanini, mavjud ishlar bilan birga yechimini kutayotgan muammolar ham borligini yaqqol ko‘rsatadi.
2025-yilning 9 oyi davomida viloyatda jami 3 159 ta himoya orderi berilgani qayd etilgan. Ushbu raqam bir tomondan ayollarning o‘z huquqlarini talab qilishga jur’at topayotganini, ikkinchi tomondan esa tazyiq va zo‘ravonlik holatlari hali ham keng tarqalganini anglatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, zo‘ravonlik holatlarining 2 774 tasi oilada sodir etilgan. Bu mutlaq ko‘pchilik zo‘ravonlik ayol eng xavfsiz bo‘lishi kerak bo‘lgan muhit – oila bag‘rida yuz berayotganini anglatadi.
Ko‘chada 115 ta, jamoat joylarida 21 ta, ta’lim muassasalarida 7 ta va mehnat jamoalarida, ya’ni ish joylarida 26 ta holatning qayd etilgani esa ayollar faqat uyda emas, balki ijtimoiy hayotning turli jabhalarida ham himoyaga muhtoj ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ish joylari va ta’lim muassasalarida sodir bo‘layotgan holatlar alohida e’tibor va qat’iy profilaktik choralarni talab etadi.
Berilgan himoya orderlarining 2 160 tasi eridan himoyalash uchun xotiniga rasmiylashtirilgani oiladagi zo‘ravonlikning asosiy manbayi ko‘pincha turmush o‘rtoq ekanini ko‘rsatadi. 163 ta order qayinonadan himoya qilish uchun kelinga berilgani esa oila ichidagi murakkab ijtimoiy-psixologik munosabatlar, an’anaviy qarashlar va kelin-qayin-ona nizolarining hanuz dolzarbligini anglatadi. 357 ta order boshqa shaxslardan himoya qilish uchun berilgani esa zo‘ravonlik faqat yaqin qarindoshlar bilan cheklanmasligini ko‘rsatadi.
Sodir etilgan zo‘ravonlik-larning 643 tasi jismoniy, 5 tasi jinsiy, 54 tasi iqtisodiy va 1 477 tasi ruhiy zo‘ravon-lik… Ayniqsa, ruhiy zo‘ravon-likning yuqori ulushi e’tiborga molik. Chunki ruhiy tazyiq ko‘pincha jamiyatda “zo‘ravonlik” sifatida yetar-licha anglanmaydi, ammo uning oqibatlari ayolning ruhiy holati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ijtimoiy faolligiga jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, 1 410 ta tazyiq o‘tkazish holati qayd etilgani zo‘ravonlikning yashirin va tizimli ko‘rinishlari mavjudligini tasdiqlaydi.
Himoya orderlarining 2 801 tasi jabrlangan ayollarning o‘z murojaati asosida rasmiylashtirilgani ayollarning huquqiy ongi oshib borayotganidan dalolat beradi. Xususan, 670 ta holatda 102 raqamiga kelib tushgan xabarlar tezkor yordam tizimining muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, atigi 3,6 foiz holatda
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari asosida order berilgani jamiyatda befarqlik hanuz mavjudligini ko‘rsatadi.
Alohida tashvishli jihat shundaki, zo‘ravonlik holatlari ko‘pincha “mahalla yettiligi” tomonidan oldindan aniqlanmayapti. Natijada, ayol zo‘ravonlik qurboniga aylangandan keyingina va uning shaxsiy murojaati asosida himoya orderi rasmiylashtirilmoqda. Bu esa profilaktika ishlari afsuski yetarli darajada samarali emas.
“Ijtimoiy profilaktika” yo‘nalishida “E-ijtimoiy profilaktika” tizimi orqali
23 480 ta xulosa yuborilgani, shundan 20 183 tasi yakunlangani, tizim muayyan darajada ishlayotganini ko‘rsatsa, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan olib borilgan ishlar natijasida ularning bir qismi ishga joylashtirilgan, moddiy, ijtimoiy va tibbiy yordam bilan ta’minlangani, hujjatlari tiklanib, tadbirkorlikka yo‘naltirilgani e’tirof etarli jihat.
2025-yil boshida 9 022 nafar xotin-qiz profilaktik hisobda bo‘lgan bo‘lsa, yil davomida bu ko‘rsatkich 9 302 nafarga yetgani muammo hanuz dolzarbligicha qolayotganini anglatadi. Shu bilan birga,
44 nafar ayolning reabili-tatsiya va moslashtirish markazlariga yuborilgani davlat tomonidan real himoya mexanizmlari joriy etilganidan dalolat beradi.
Keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ayollarga berilayotgan huquq va imtiyozlar ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga, zo‘ravonlikka chidamasdan, o‘z haq-huquqini talab qilishiga xizmat qilmoqda. Biroq muammo faqat oqibatlarni bartaraf etish bilangina cheklanmasligi kerak. Eng muhim vazifa — zo‘ravonlikning oldini olish, mahalla, oila va jamiyat darajasida erta aniqlash va profilaktika mexanizmlarini kuchaytirishdir.
Ayol himoyalangan jamiyat — barqaror jamiyatdir. Surxondaryoda olib borilayotgan ishlar bu yo‘lda muhim qadam bo‘lsa-da, har bir raqam ortida inson taqdiri turganini unutmasdan, tizimli va chuqur yondashuvni davom ettirish bugunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or tajriba bilan…

Bugun insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Lekin keyingi...

Halollik do‘st, nafs esa dushman

Jamiyatda adolat va halollik eng muhim mezon bo‘lib, ayniqsa,...

To‘siq ham, imkoniyat ham bor…

Globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda....

Alp yigitlar qaydasiz?!

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq...
KunTun
KunTun