Erkin A’zam 75 yoshda

Date:

Surxondaryoning atoqli farzandi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam 75 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Termiz shahrida yozuvchining ijodiy hayotiga bag‘ishlangan tantanali madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, adibni viloyat ahli nomidan samimiy tabrikladi. Shuningdek, yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Do‘st, rejissyor Jahongir Qosimov, shoir va adiblar, taniqli ijodkorlar hamda adibning yaqinlari ishtirok etishdi.

Erkin A’zam o‘zining chuqur ma’naviy mazmundagi asarlari, zamonaviy o‘zbek nasrining rivojiga qo‘shgan hissasi bilan xalq e’tiborini qozongan. Hozirda u “Tafakkur” jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat olib bormoqda. Tadbir adib ijodiga bo‘lgan chuqur hurmat, minnatdorlik va iliq tilaklar ruhida o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun