Migrantlar tashabbus ko‘rsatdi

Date:

Sho‘rchi tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yangi tadbirkorlik tashabbuslari va yoshlar ta’limi yo‘nalishidagi loyihalar bilan tanishdi. So‘nggi yillarda yaratilgan qulay sharoitlar tufayli uzoq yillar migratsiyada bo‘lgan fuqarolar — Shohjahon Jumayev va Olim Mirzayev o‘z mahallalarida umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, bolalar o‘yingohi, IT-ta’lim va logistika markazi kabi yangi loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Viloyat rahbari ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirar ekan, zarur yordam choralarini ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, tumanda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish va muzlatkichli omborlarda saqlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari o‘rganildi.

Tashrif yakunida Egarchi mahallasidagi “London School” xususiy o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi va ularga ta’limda yuqori natijaga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun