Xizmatidan mehmonlar mamnun

Date:

O‘zbekistonning betakror shahri — Samarqandda YUNESKOning Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu nufuzli tadbir 40 yildan buyon ilk bor Parijdan tashqarida o‘tkazilgani bilan tarixiy ahamiyat kasb etdi.Forumning Samarqandda tashkil etilishi O‘zbekistonning jahon madaniy, ilmiy va ma’rifiy taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalganidan dalolat beradi.
Mazkur anjuman davomida shahar mehmonxonalari va turizm obyektlarida xorijiy delegatsiyalar uchun yuqori xavfsizlik choralari ko‘rildi. Xususan, Surxondaryo viloyati Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ham Samarqandda xizmat olib borib,
turli xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashda faol ishtirok etdilar. Ularning samimiy, mas’uliyatli va sifatli xizmatlari natijasida ko‘plab mehmonlar minnatdorlik bilan yurtimizdan iliq taassurotlar bilan qaytishdi.
Bunday xalqaro miqyosdagi tadbirlar yurtimiz-ning ijtimoiy institutlari, jumla-dan, jamoatchilik tashkilotlari, xavfsizlik xizmatlari va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlab, jamiyatning yirik jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu esa mamlakatimizning ochiqlik siyosati, tinchlik, barqarorlik va xalqaro hamkorlik tamoyillariga sodiqligini yaqqol ko‘rsatadi.

Akbar Mavlyanov,
Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektori, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun