Tenglik bo‘lsa…

Date:

Gender tenglik bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida — siyosat, iqtisodiyot, huquq, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va sportda erkaklar hamda ayollarning teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishini anglatadi.O‘zbekiston bu borada Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi — “Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish” bo‘yicha tizimli islohotlarni amalga oshirmoqda.
BMTning 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tegishli milliy maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Gender tenglik yo‘nalishida to‘qqizta ustuvor vazifa ishlab chiqilgan bo‘lib, ular 2030-yilga kelib ayollarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy qarorlar qabul qilish jarayonida teng ishtirokini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
So‘nggi yillarda qabul qilingan muhim hujjatlar orasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi (2019-yil) hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2019-yil)larni aytish mumkin. Ushbu qonunlar gender tenglikning huquqiy poydevorini mustahkamlab, ayollarning himoyasi, zo‘ravonlikning oldini olish va teng imkoniyatlarni kafolatlashda muhim burilish yasadi. Ayniqsa, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana, maslahat, huquqiy yordam ko‘rsatish hamda iqtisodiy yoki psixologik tazyiq uchun javobgarlik belgilanishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
2017-yildan boshlab ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida sirtqi yo‘nalishlarning qayta yo‘lga qo‘yilishi ayollar uchun katta imkoniyat yaratdi. Bu ta’lim shakli xotin-qizlarga oilaviy mas’uliyatlarini bajarish bilan birga oliy ma’lumot olish imkonini berdi. Bundan tashqari, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar, o‘qitish dasturlari va grantlar kengaytirildi. Bu esa ayollarning iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirdi.
O‘zbekistonda ayollarning siyosiy ishtiroki yildan yilga ortmoqda. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga nomzodlar ko‘rsatishda ayol va erkaklar uchun teng imkoniyatlar qonunan kafolatlangan. Bugungi kunda davlat boshqaruvi, sud tizimi, ichki ishlar, bojxona va boshqa sohalarda faol xizmat qilayotgan ayollar soni ko‘paymoqda.
Jamiyatda ayol rahbarlarga nisbatan ijobiy munosabat shakllandi. Ko‘plab xotin-qizlar oilaviy qo‘llab-quvvatlov bilan jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda.
Gender tenglik — jamiyatning barqaror rivojlanishi va adolatli ijtimoiy tizimning muhim shartidir. O‘zbekiston bu borada so‘nggi yillarda sezilarli huquqiy, institutsional va amaliy islohotlarni amalga oshirdi. Ayollar huquqlarini himoya qilish, ularni siyosiy va iqtisodiy hayotga keng jalb etish, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqda.
Tenglikka asoslangan jamiyat esa — kuchli, barqaror va farovon kelajakning asosidir.

Dilrabo Sattorova,
Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat
AKM xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun