“Student Party” ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar intiqilik bilan kutgan “Student Party” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida talabalar tomonidan yaratilgan startap loyihalar va ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmada taqdim etildi. Ushbu ko‘rgazmadagi innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Festivalning asosiy qismida universitetning “Milliy navo” ansambli ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, QVZ jamoasi ishtirokida “Kulgu time”, shuningdek, “Marvarid” guruhi ijrosidagi kontsert va eksklyuziv shou ishtirokchilarga yorqin taassurotlar taqdim etdi.

“Student Party” festivali talabalarga nafaqat ko‘ngilochar dam olish, balki o‘z iqtidorini namoyish etish, ilmiy va innovatsion g‘oyalarini taqdim qilish uchun ham munosib maydon bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun