Savobga eng qisqa yo‘l!

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayo‘g‘och” mahallasida birdamlik va mehr-oqibatning yorqin namunasi sifatida 600 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi mahalla aholisi tashabbusi va saxovati bilan qurilmoqda.

Ushbu insonparvar loyiha, avvalo, maktabga qatnovchi o‘quvchilarga qulaylik yaratishni maqsad qiladi. Endi ular yomon ob-havo yoki loy va chang tufayli qiynalmasdan, xavfsiz va qulay tarzda maktabga bora oladi.

Bu ezgu ish nafaqat bugungi avlodga xizmat qiladi, balki kelajak uchun ham muhim meros bo‘lib qoladi. Hasharda ishtirok etgan har bir fuqaroning mehnati — mahalla ravnaqi, Vatan taraqqiyotiga qo‘shilgan ulkan hissa va savobli amal sifatida qadrlanadi.

Qorayo‘g‘och mahallasidagi hamjihatlik o‘z kuchini yana bir bor namoyon etdi: birlashgan yuraklar eng ezgu ishlarga qodir!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun