Maktab ko‘chatlar bilan boyidi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-noyabrdagi 66-son majlisi topshirig‘iga muvofiq, “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari boshlandi. Shu jarayonning bir qismi sifatida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Termiz filialida o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida maktab hovlisi va bo‘sh maydonlarga manzarali daraxtlar, butalar hamda mahalliy iqlimga mos o‘simliklar ekildi.

Mazkur ekinlar nafaqat maktab hududining ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qiladi, balki o‘quvchilarda ekologik madaniyat, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun