“Davlat ramzlari — faxrim, g‘ururim”

Date:

Angor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Davlat ramzlari — faxrim, g‘ururim” insholar tanlovi yoshlar ongida vatanparvarlik, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tanlovda umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari orqali yurtga muhabbatini va ramzlarga bo‘lgan chuqur hurmatini yorqin ifoda etdilar. Insho yozish jarayoni ular uchun nafaqat musobaqa, balki o‘z fikrini erkin bayon etish, tasavvurini kengaytirish hamda ijodiy salohiyatini namoyon qilish imkonini berdi.

Bunday tanlovlar o‘quvchilarda ijodiy muhitni shakllantiradi, yozuvchining o‘ziga xos dunyoqarashi va ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. Ishtirokchilar bayrog‘imizning tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlar, g‘urur va faxr tuyg‘ularini o‘ziga xos yondashuv bilan qalamga olish orqali nafaqat bilimini, balki qalb kechinmalarini ham ifodalashga erishdilar.

Tadbir yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun