Meva-sabzavot eksporti kengaytiriladi

Date:

Sherobod tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida meva-sabzavot yetishtiruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlar, investitsiya va eksport sohasi mutasaddilari ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyatdagi kichik sanoat zonalari faoliyati, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, eksport yo‘nalishlarini kengaytirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Soha vakillari tomonidan bildirilgan muammo va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, anor va limon yetishtirish hamda eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ularning faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, logistika va saqlash tizimini yaxshilash, mahsulotni xorijiy bozorga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi hududdagi issiqxonalar va sovutkich omborlari faoliyati bilan tanishib, eksportyorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Tadbir Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaning eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun