50 nafar ish o‘rni yaratildi

Date:

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining ochilish marosimi katta tantana bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov, tashkilot mas’ullari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Umumiy qiymati 7 milliard so‘m bo‘lgan ushbu zamonaviy majmua bir vaqtning o‘zida 1000 nafardan ortiq mehmonni qabul qila oladi. Tadbirkor Xolmat Rahmonov tashabbusi bilan barpo etilgan “Oqsaroy” nafaqat hashamatli to‘y va marosimlar uchun qulay maskan, balki 50 nafar fuqaroni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagan muhim ijtimoiy loyiha hamdir.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bu kabi bunyodkorlik ishlari Angor tumanining qiyofasini yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirayotganini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida mehmonlar bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurib, yurtimizda tinchlik, farovonlik va bunyodkorlikning bardavom bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdilar.

Oldingi sahifaYagona jildda jam
Keyingi sahifa“Sen iste’dodlisan”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun