Valyutafurush ushlandi

Date:

Departamentning Termiz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jarqo‘rg‘on tumanida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxs faoliyati fosh etildi.
Aniqlanishicha, 1993-yilda tug‘ilgan B. Anorboyev va 1986-yilda tug‘ilgan A. Dovudov oldindan jinoiy til biriktirib, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish maqsadida harakat qilgan. Ular Jarqo‘rg‘on tumanining “Mehnatrohat” mahallasidagi oshxonalardan birida tezkor tadbirga jalb qilingan shaxsga 4 000 AQSH dollarini har birini 12 920 so‘mdan, ya’ni 51 million 680 ming so‘mga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbir noqonuniy valyuta aylanmasiga qarshi kurashish, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda fuqarolarni qonuniy faoliyat yuritishga undash maqsadida amalga oshirildi.

S.To‘raqulov,
iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Termiz shahar bo‘limi tergovchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun