Sog‘lom hayot – baxtli kelajak poydevori

Date:

Termiz shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan velo va yugurish marafoni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu tadbir nafaqat sportni rivojlantirish, balki aholining ekologik madaniyatini oshirish, yoshlarda jismoniy faollik va sog‘lom raqobat ruhini shakllantirishga xizmat qildi.

Musobaqada Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining iqtidorli sportchi qizlari ham faol ishtirok etishdi. Ular orasida Shaxlo Xolmurodova o‘zining mahorati va matonati bilan ajralib chiqib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bunday marafonlar jamiyatda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ekologik tozalik va faol hayotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Zero, sog‘lom avlod – yurt kelajagi, sog‘lom hayot esa farovon jamiyat garovidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun