Faoliyati o‘rnak

Date:

Angor tumanida istiqomat qiluvchi tadbirkor Hurriyat Bozorova tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida shirinliklar ishlab chiqarish sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xonadonida tashkil etilgan ushbu sexda turli xil, jumladan, 20 dan ortiq shirinlik turlari tayyorlanadi. Tadbirkor ayolning tashabbusi bilan 15 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

— “Ayollar daftari”ga ishsizligim uchun kiritilgandim. O‘sha paytda imtiyozli 33 million so‘m kredit olib, faoliyatimni boshlaganman,” — deydi Hurriyat Bozorova.

Faoliyatini boshlaganiga 3 yildan oshgan ushbu sex bugungi kunda nafaqat mahalliy aholining, balki atrof mahallalardagi xaridorlarning ham e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Bunday loyihalar aholi bandligini oshirish, oilalar turmush darajasini yuksaltirish va mahallada tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun