Tizimning tayanchi bo‘ladi

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya qilish, tabiiy gazni iste’molchilarga xavfsiz va uzluksiz yetkazib berish borasida keng islohotlar olib borilmoqda.Bu jarayon-larda malakali kadrlar tayyor-lash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maq-sadda, Termiz davlat universitetining neft va gaz yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari hozirda Termiz shahar gaz ta’minoti bo‘limida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tamoqdalar. Amaliyot davomida talabalar gaz tarmog‘ining ishlash prinsiplari, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari, xavfsizlik qoidalari hamda gaz hisoblagichlari bilan ishlash tartibini bevosita amalda o‘rganmoqdalar. Ular, shuningdek, hujjatlar bilan ishlash, abonentlar ma’lumotlarini elektron tizimga kiritish, hamda gaz ta’minotini nazorat qilish bo‘yicha dasturlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishmoqda.
Bo‘lim mutaxassislari tomonidan talabalarga zarur ko‘rsatmalar berilib, ularning amaliy faoliyat jarayonida faol ishtirok etishlariga sharoit yaratilgan. Talabalar ish vaqtida nafaqat nazariy bilimlarini mustahkam-lashmoqda, balki real ish muhiti, jamoada hamkorlik qilish va mas’uliyatni his etish ko‘nikmalarini ham shakllantirmoqdalar.
— Biz uchun bu amaliyot katta tajriba maktabi bo‘ldi. Darsda o‘rgangan nazariy bilimlarimizni bu yerda amaliyotda sinab ko‘rish imkoniga egamiz. Gaz ta’minoti tizimi qanchalik murakkab va muhim soha ekanini yanada chuqurroq angladik, — deydi amaliyot ishtirokchilaridan biri.
Talabalar sohaga erta kirish orqali o‘z yo‘nalishida mas’uliyatli, tajribali va vatanparvar mutaxassislar sifatida shakllanib boradi. Zero, bugungi talaba — ertangi kunning malakali mutaxassisi, ertangi gaz tizimining tayanchidir.

Sayyod Abduraxmonov,
TerDU o‘qituvchisi
Saidhakim Hakimov,
talaba

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun