Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda — bahor va kuzda — amalga oshiriladigan “Yashil makon” umummilliy loyihasi
doirasida bu yil ham keng qamrovli ko‘chat ekish tadbirlari boshlandi.Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda aholi uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida kuzgi mavsumdagi ko‘chat ekish ishlariga start berildi.
Viloyatimizda joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumi doirasida 7 million 843 ming tup daraxt ko‘chati ekish rejalashtirilgan. Bu esa har bir rahbar va mas’uldan rejani o‘z vaqtida udda etish uchun mas’uliyat bilan yondashuvni talab etadi.
Xususan, M–39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod tumanidan o‘tgan qismida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari viloyat bo‘ylab davom etayotgan tashabbus uchun namunaviy xarakterga ega deyish mumkin. Zero, yo‘l chetining obodligi nafaqat mahalliy aholining, balki xorijiy turistlarning voha xususida odatiy fikrini o‘zgartirib, kayfiyat ulashadi. Bunyodkor manzillarda bo‘y cho‘zayotgan navqiron nihollar azim daraxtlarga aylanib, musaffo havo, obod bog‘-rog‘lar manbayi sifatida avlodlar uchun qoldirilajak meros yanglig‘ taassurot uyg‘otadi.
Kuzgi mavsumni tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilab olinganligi viloyat hokimining shaxsan nazoratidadir. Xususan, har bir ekilgan ko‘chatning hisobini yuritish, uning sifatli parvarishi va sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, ushbu mavsumda yaxshi niyatlar bilan qadaladigan mevali-manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini sifatli ekish, parvarishlash yuzasidan fikr almashildi.
“Yashil makon” loyihasining bahorgi mavsumida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aholining ekologik madaniyatini oshirish, daraxt ekish tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bahorgi mavsumda
“M-39” avto-magistral yo‘lining ikki tarafini yashil hududga aylantirishda faol ishtirok etib, ko‘chatlarni namunali parvarishlayotgan tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga tashakkurnoma topshirildi.
“Yashil makon” loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun aholining ekologik madaniyatini oshirish muhimdir. Daraxt ekish va uni parvarishlash faqat davlat va hudud rahbarlarining mas’uliyati emas, balki har bir fuqaroning ongli va faol ishtirokini talab etadi. Bu loyiha aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga, shuningdek, fuqarolarni yashil hududlarni yaratish jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.
“Yashil makon” loyihasi nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki aholining hayot sifatini oshirishga ham xizmat qiladi. Yashil hududlar, tabiiy landshaftlarning yaxshilanishi va chiroyli manzaralar yaratish aholining kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Ekologik muhitni yaxshilash, havoning tozaligi, va mevali daraxtlar ekish orqali aholi sog‘lom yashash sharoitlariga ega bo‘ladi. Yashil hududlar nafaqat ekologik nuqtayi nazardan foydali, balki ularning estetik go‘zalligi ham odamlar uchun ruhiy xotirjamlik manbayi hisoblanadi.
“Yashil makon” loyihasi — bu faqat daraxt ekish emas, balki mamlakatimizning ekologik holatini yaxshilash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yashil hududlarni ko‘paytirish va aholi hayot sifatini oshirishga qaratilgan uzluksiz jarayonning bir qismidir. Har bir ko‘chatning muvaffaqiyatli o‘sishi va barqarorligi, xalqimizning ekologik madaniyatini oshirishda muhim omil bo‘ladi. Shuning uchun, bu ezgu ishga har bir fuqaro o‘zining mas’uliyatini chuqur anglab, faol ishtirok etishi zarur.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun