O‘ynab o‘rganamiz

Date:

Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Ilmiy adabiyotlarda ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘li-shining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosa-larni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi.
Bugungi kunda ta’limda “Sinkveyn”, “BBB”, “Beshinchisi ortiqcha”, “6x6x6”, “Bahs-munozara”, “Rolli o‘yin” kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlardan foydalanilsa, ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshi-riqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi.

Xumora Xoliyorova,
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun