“Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” milliy brend

Date:

Jarqo‘rg‘on tumaniga xos milliy taom — “Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu — Surxondaryoning betakror ta’mi va qadimiy pazandalik an’analarini huquqiy himoya ostiga olish, uni milliy gastronomik brend sifatida e’tirof etish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Taom hududning issiq va quruq iqlimi, yaylovda boqilgan hisori qo‘zilari go‘shti, shuningdek, archa shohlari bilan tandirda pishirish texnologiyasi bilan ajralib turadi. “Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” odatda 1,5–2 soat davomida +400 °C atrofida qizdirilgan yer tandirda bug‘ va issiqlikda pishiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun