Fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni (610-son) talablariga muvofiq, 15 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatimizda doimiy ro‘yxatda bo‘lib yashab kelgan bir guruh fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportlari Qiziriq tumani IIB boshlig‘i S.F. Nazirov tomonidan yangi fuqarolarga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik maqomini belgilash va aholining huquqiy himoyasini mustahkamlash yo‘lidagi islohotlarning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun