Surxondaryo delegatsiyasi Moskvada

Date:

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Davlat rahbarlarining muntazam aloqalari, oliy darajadagi uchrashuvlar va erishilgan muhim kelishuvlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi mazmun kasb etmoqda.
Shu doirada, yaqinda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning turli hududlari rahbarlari, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, ishbilarmon doiralar ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilish hududlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida muhim muloqot maydoniga aylandi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. O‘z nutqida u O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan hududlararo hamkorlik dasturi mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlaganini ta’kidladi.
Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati bugungi kunda Rossiyaning Novosibirsk va Chelyabinsk viloyatlari, Krasnoyarsk o‘lkasi, shuningdek, Tatariston va Mordoviya Respublikasi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini qayd etdi. Ushbu hamkorlik yo‘nalishlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm va ta’lim kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Krasnoyarsk viloyati hukumati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan anglashuv memorandum imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi buyurtmalar portfeli shakllantiriladi

Sanoatsiz davlat iqtisodiyoti rivojlanishi mushkul. Sanoat rivojlansa, ishlab chiqarish...

Milliylik va mohiyat

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir....

Tillar turfa, maqsad yagona

Jahon davlatchiligi tarixiy taraqqiyotidan ma’lumki, milliy masala har bir...

Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy...
KunTun
KunTun