Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Date:

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z tashabbuslari bilan qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. 22-oktabrdan boshlab, ular “Mening maktabim” loyihasiga o‘z takliflarini kiritishi mumkin. Eng ko‘p ovoz olgan takliflar ro‘yobi uchun har bir maktabga 62 million so‘mdan pul ajratiladi.

O‘quvchilar o‘z maktabini qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha taklif kiritib, uni maktabdoshlari orasida targ‘ib qilish orqali ovoz to‘playdi. Bunda, kiritilgan takliflarga faqat shu maktabning o‘quvchilari ovoz bera oladi. Eng ko‘p ovoz olgan loyihalar g‘olib deb topilib, so‘ralgan jihozlar xarid qilinadi. Bu orqali yoshlarda maqsad sari jamoa bo‘lib harakat qilish ko‘nikmasi shakllanadi, liderlik qobiliyati rivojlanadi.

“Mening maktabim” loyihasi o‘tgan yili ilk marta sinov tariqasida o‘tkazilgan va unda maktab uchun kompyuter, elektron doska, sport jihozlari, faollar zali uchun jihozlar va kuzatuv kameralari kabi tashabbuslar ilgari surilgan. Bu yildan boshlab, “Mening maktabim” respublika bo‘yicha yuqori sinf o‘quvchilari o‘qiydigan umumta’lim maktablarining barchasida o‘tkaziladi.

Har bir maktabga tuman (shahar) budjetidan bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari – 61,8 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Kiritiladigan loyihalar qiymati ana shu miqdordan oshmasligi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Situatsion markaz qurilishiga start berildi

Kunchiqish mamlakatiga amalga oshirilgan tashrif va delegatsiyalar bilan o‘tkazilgan...

Eski obyekt zamonaviy ko‘rinishda

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq filiali hududidagi yana bir...

42 ta xonadon foydalanishga topshirildi

Aholini sifatli turar joy bilan ta’minlash dasturi doirasida o‘tgan...

Qamrov oshadi

O‘tgan yillar davomida davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda farzandlarimizning ilm...
KunTun
KunTun