Sport — uzoq umr garovi

Date:

Jismoniy tarbiya inson salomatligi va hayot sifatini yaxshilashning asosiy vositasi bo‘lib kelgan. Globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida uning usullari ham tubdan o‘zgarib, “Fitnes” tushunchasi ostida birlashgan. Fitnes nafaqat jismoniy mashqlar yig‘indisi, balki sog‘lom turmush tarzi falsafasidir. Ushbu maqola zamonaviy jismoniy tarbiya (fitnes) usullarining ilmiy asoslarini, samaradorligini va ularning inson organizmiga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan.

Fitness – bu nafaqat jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, balki umumiy sog‘lomlik va yaxshi jismoniy holat darajasini ifodalovchi keng tushunchadir. Bu so‘zning asosiy ma’nosi inson organizmining turli kundalik harakatlarni, sport yuklamalarini yoki favqulodda vaziyatlarni qiyinchiliksiz yengib o‘ta olish qobiliyatini anglatadi. Zamonaviy jismoniy tarbiya (fitnes) usullari an’anaviy yondashuvlardan farqli o‘laroq, komplekslik, shaxsiylashtirish va texnologiyalar integratsiyasiga asoslangan.

Funksional trening va raqamli monitoring insonning jismoniy faoliyatini maksimal darajada optimallashtirish imkonini beradi. Ushbu innovatsion usullar nafaqat sport ko‘rsatkichlarini oshirish, balki zamonaviy turmush tarzining salbiy ta’sirlarini kamaytirish va uzoq umr ko‘rish garovi bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlar har bir insonning genetik va fiziologik xususiyatlariga mos keladigan mashg‘ulot dasturlarini yaratishga qaratilgan bo‘ladi.

Dilnoza G‘aniyeva

TerDU o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun