Mis qayta ishlanadi

Date:

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish haqida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Hindistonning “Glokal Yevroaziya” MCHJ XK raisi Iqbal Mohammad boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olindi.

Hindistonlik investorlar tomonidan Uzun tumanida umumiy qiymati 650 million AQSH dollari bo‘lgan mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida yiliga 10 ming tonna misni qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega korxona barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali 350 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bugungi kunda loyihaning birinchi va ikkinchi bosqich geologik-qidiruv ishlari yakunlangan, ayni paytda esa zavod qurilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, investorlar tomonidan sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkil etishga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Yakunda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarni tayyorlash, tashkiliy bosqichlarni boshlash hamda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun