Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Date:

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuv doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Sinotec Co., Ltd” kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha raisi Xan Yenni qabul qildi.

Kompaniya dunyoning 17 ta mamlakatida, jumladan AQShda ham yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Asosiy faoliyati energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash tarmoqlarini yaratishga qaratilgan. Uchrashuvda Jarqo‘rg‘on tumanida ko‘mirni qayta ishlab, gaz va neylon mahsulotlari olish loyihasi, shuningdek, 220 MVt quvvatdagi ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Umumiy qiymati 700 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 1 000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Tomonlar loyihani amalga oshirish hududi bilan tanishish, uning texnik-iqtisodiy asoslamasini ishlab chiqish va keyingi bosqichda kengaytirilgan formatda muhokama qilishga kelishib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun