Jarima ikki baravar oshiriladi

Date:

Deputatlar Qonunchilik palatasida retsept bilan beriladigan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi uchun jazo choralarini kuchaytiruvchi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. So‘nggi yillarda retsept talablarini buzgan holda dorilarni noqonuniy sotish holatlari ko‘payib, 2021- va 2023-yillarda 18 mingdan ortiq zaharlanish, ulardan 177 nafarining o‘limi qayd etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, 2022-2025-yillarda 285 ming dona dori (taxminan 18 milliard so‘mlik) noqonuniy aylanmadan olib qo‘yilgan; 2024-yilda bu holatlar 2022-yilga nisbatan uch baravar ko‘paygan. Yangilanishlarga ko‘ra, ma’muriy jarimalar miqdori retsept tartibini buzganlik uchun: BHMning 50→100 baravarigacha (20,6 mlndan 41,2 mln so‘mgacha) va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dorilar uchun 100-200 baravarigacha (41,2 mlndan 82,4 mln so‘mgacha) oshiriladi.

Shuningdek, jinoyat javobgarligida ham kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq takroriy qonunbuzarliklar uchun sanksiyalar BHMning 200-300 baravarigacha (82,4 mlndan 123,6 mln so‘mgacha) etib belgilanishi taklif etilmoqda.

Qonun mualliflari bu choralar aholi salomatligini himoya qilish, dorilar realizatsiyasi tartibiga qat’iy rioya qilish va huquqbuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysunda Denovgacha…

Surxondaryo viloyatida yirik infratuzilma loyihalaridan biri — Boysun tumanidan...

Memorandum imzolandi

Davlatimizning qo‘shni Afg‘oniston bilan o’zaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda....

Soha fidoyilariga ehtirom

Termiz shahrida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan yuksak ruh,...

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...
KunTun
KunTun