Yoshlar favqulodda vaziyatlarda tayyor

Date:

Termiz tuman politexnikumida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan favqulodda holatlarga tayyorgarlik masalasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar va amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga yong‘in, zilzila, suv toshqini kabi favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish va xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha zarur bilimlar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar o‘z hayoti va boshqalar xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Seminarning asosiy maqsadi — yoshlar orasida xavfsizlik madaniyatini oshirish, ogohlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Yakunda o‘quvchilar mutaxassislar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va foydali tavsiyalar bilan tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun