Yetti yoshgacha ilg‘or

Date:

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab maktab-gacha va boshlang‘ich ta’limda chet tilini erta yoshdan boshlab o‘rgatish keng ommalash-moqda. Ota-onalar va pedagoglar “Bola yoshligida tilni tezroq o‘zlashtiradi” degan fikrga tayanishadi. Bu oddiy kuzatuv emas —ilmiy asosga ega haqiqat. Ammo nima uchun aynan bolalikda til o‘rganish osonroq kechadi? Bolaning eslab qolish qobiliyati, tovushlarni ajratish sezgirligi —bularning barchasi bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi.
Tilshunos va psixolog olimlar, til o‘rganish uchun “tanqidiy davr” mavjudligini ilgari surishgan. Bu davr — taxminan tug‘ilgandan 6-7 yoshgacha — bola ikkinchi yoki hatto uchinchi tilni ona tilidek o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu yoshdan so‘ng yangi tilni o‘rganish murakkabroq kechadi, ayniqsa, talaffuzda.
Kichik yoshdagi bolalar tilni ruxsat va ixtiyoriy taqlid orqali o‘rganadi. Ular kundalik suhbatlar, o‘yinlar, multfilmlar yoki qo‘shiqlar orqali til muhitida tabiiy tarzda til elementlarini o‘zlashtiradi. Bu formal grammatik qoidalarsiz o‘zlashtirish imkonini beradi.
Bolalar o‘z fikrlarini ifodalashda xato qilishdan qo‘rqmaydi. Bu ularning tajriba orttirish va o‘zini sinab ko‘rishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ular talaffuz va intonatsiyani juda aniq taqlid qilishga qodir. Ayniqsa, 2–5 yosh oralig‘ida bolalar til tovushlarini so‘zlashuv darajasida o‘zlashtira oladi.
Yosh bolalar uchun til o‘rganish o‘yin, musiqa, multfilm yoki ertaklar orqali bo‘lishi mumkin. Bu usullar esa ichki motivatsiyani oshiradi. Bolalar majburan emas, balki qiziqish asosida til o‘rganadi.
Maktabgacha yoshda berilgan chet tili ta’limi nafaqat til bilimini, balki umumiy kognitiv rivojlanishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, pedagog va ota-onalar bolalikdagi bu noyob imkoniyatni to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhimdir.

Sabina Ashirova,
TISU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi UZ kodi joriy etildi

O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning IKAO kodi yangilanadi — endilikda UT...

Kemamodel  chempionati o‘tkazildi

Termiz shahrida kemamodel sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yuqori tashkilotchilik...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Qumqo‘rg‘on tumani “Cho‘kirli” mahallasida 27 ming 325 nafar aholiga...

Xavfsizlik — har bir xonadonda

Respublikamiz bo‘ylab 15-oktyabrga qadar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi” oyligi...
KunTun
KunTun