Xavfsizlik — har bir xonadonda

Date:

Respublikamiz bo‘ylab 15-oktyabrga qadar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Bunda birinchi galda, talabalar yotoqxonalari, moslashtirilgan binolar, ijaraga olingan hovli uylar, kvartiralar va xostellarda yong‘in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish hodisalarining oldini olishga qaratilgan tekshiruv va o‘rganishlarni olib borilayotir.
Har bir mahalladagi yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarda “xonadonbay” profilaktik ishlari tashkil etilgan. Ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari ishchi-xodimlari, shuningdek, mahallalarda aholi bilan yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar qizg‘in tus olgan.
Tunda insonlar qoladigan maskanlar (mehribonlik, saxovat va muruvvat uylari, shifoxona va hokazo) hamda qurilish-ta’mirlash obyektlaridagi ishchilar uchun tashkil etilgan vaqtinchalik yotoq joylarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish hodisalarining oldi olinib, “Paxta-2025” yig‘im-terim mavsumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash asosiy yo‘nalish qilib belgilab olingan.

Xusan Rustamov,
Termiz shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari
P va NB boshlig‘i kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun