Boysunlik yigit sovrindorlar safida

Date:

Surxondaryolik dzyudochi, Boysun tumanining faxri Samariddin Muxibiddinov Peru poytaxti Lima shahrida o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

81 kilogramm vazn toifasida bellashgan Samariddin hal qiluvchi bahsda niderlandiyalik raqibini mag‘lub etib, jahon chempionatining shohsupasidan joy oldi. Bu g‘alaba nafaqat sportchining mehnatsevarligi va matonatini, balki o‘zbek dzyudo maktabining kuchli an’analarini yana bir bor namoyon etdi.

Samariddin O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida mamlakat sharafini munosib himoya qilmoqda. Uning ushbu yutug‘i Surxondaryo yoshlari uchun ham ibrat, ham faxr manbayidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun