50,11 soniya barini hal etdi

Date:

Sport — inson irodasi, sabr-toqati va fidoyiligining eng yorqin ifodasidir. Bu sohada har bir yutuq nafaqat sportchining, balki butun xalqning g‘ururi, jamiyatning birligi va ruhining timsoli sanaladi. Ana shunday faxrli onlardan biri Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida kuzatildi. Unda Surxondaryo viloyatidan chiqqan iste’dodli sportchi Faxriddin Xamroyev 400 metr masofaga yugurish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

T12 klassidagi final yugurishida Faxriddin Xamroyev 50,11 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetgan edi. Biroq musobaqada birinchi bo‘lgan marokashlik sportchi qoidabuzarlik qilgani aniqlanib, diskvalifikatsiya qilindi. Shundan so‘ng, oltin medal Faxriddin Xamroyevga nasib etdi. Bu yutuq Surxondaryo sport maktablarida yetishib chiqqan yoshlarning xalqaro maydonlarda ham yuksak natijalarga erishayotganini, mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy samarasini yaqqol ko‘rsatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun