Qulay safar, arzon narx

Date:

“Qariyalarni e’zozlash haftaligi” (2–8 oktabr) va “Keksalar uchun turizm oyligi” (1–30 noyabr) munosabati bilan pensiya yoshidagi O‘zbekiston fuqarolari uchun temiryo‘l chiptalariga 20 foizlik chegirma e’lon qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi rasmiy ravishda xabar berdi.

Chegirma kimlarga tegishli?

Ayollar uchun – 55 yoshdan yuqori

Erkaklar uchun – 60 yoshdan yuqori.

Chegirma faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun amal qiladi va mamlakat ichidagi mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga tatbiq etiladi. Bunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari ushbu aksiya doirasiga kirmaydi.

Qachon amal qiladi?

2–8 oktyabr – Keksalar haftaligi

1–30 noyabr – Keksalar turizm oyligi.

Bu imkoniyat – keksa avlodga bo‘lgan hurmat ifodasi bo‘lib, ularni faol va mazmunli hayot sari rag‘batlantiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun