“Orzularga yo‘l”

Date:

Jarqo‘rg‘on biznes va yengil sanoat texnikumida o‘quvchilar uchun “Orzularga yo‘l” mavzusida motivatsion seminar-trening tashkil etildi. Tadbir psixolog Nilufar Bo‘riyeva tomonidan olib borildi.

Seminar-treningning asosiy maqsadi – yoshlarga o‘z orzularini aniqlash, ularga erishish yo‘llarini topish, ruhiy barqarorlikni saqlash hamda hayotiy maqsadlar sari qat’iyat bilan intilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilarga:

Orzularni aniqlash va ustuvor maqsadlarni belgilash bo‘yicha amaliy mashqlar;

Hayotiy motivatsiyani oshirish usullari;

Rejalashtirish va vaqtni boshqarish texnikalari;

Stressni yengish va o‘z-o‘zini rag‘batlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar taqdim etildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminar-treningda o‘quvchilar o‘z orzu va rejalari bilan o‘rtoqlashdi, shaxsiy qiyinchiliklar haqida so‘z yuritib, ularni yengish yo‘llarini birgalikda muhokama qildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ularga yangi ilhom bag‘ishladi.

Mazkur tadbir yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, kelajak sari aniq va rejalashtirilgan qadamlar bilan yurishga undash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun