Yangi mukofotlar ta’sis etildi

Date:

O‘zbekiston hukumati 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, dramaturgiya va rejissura sohalarida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar uchun ikki yangi mukofot ta’sis etildi:

Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot – dramaturglar uchun;

Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot – yosh rejissorlar uchun.

Mukofotlar har ikki yilda bir marotaba tanlov asosida topshiriladi. Ular teatr repertuarini dolzarb mavzudagi asarlar bilan boyitishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun beriladi.

G‘oliblar:

mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 50 barobari miqdorida pul mukofoti,

diplom va statuetka bilan taqdirlanadilar.

Nomzodlar Madaniyat vazirligi orqali tanlov komissiyasiga taqdim etiladi, yakuniy qaror esa 1-martgacha qabul qilinadi.

Mukofotlar an’anaviy tarzda 27-mart – Xalqaro teatr kuni arafasida tantanali marosimda topshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun