Ekologik aksiyada faol

Date:

Sariosiyo tumanida “Birgalikda kuchmiz” shiori ostida o‘tkazilgan ekologik aksiyada turli millat va elat vakillari, 100 dan ortiq yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek va Billur mahallalaridan o‘tuvchi 1,5 kilometrlik asosiy ko‘cha obodonlashtirildi. Ishtirokchilar hududda tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borib, mahallaning yanada chiroyli va ozoda bo‘lishiga hissa qo‘shdilar.

Ekologik tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash, balki turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, birdamlik va bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

So‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida millatlararo totuvlik, do‘stona muhit va yurtga muhabbat ruhini yoshlar qalbiga singdirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sariosiyoda o‘tkazilgan mazkur aksiya esa bu ezgu maqsadlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Ishtirokchilar bunday tadbirlar kelajak avlodni tabiatga mehr, Vatanga sadoqat va insonlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Obyektlar tizimga kiritildi

Bandixon tumani, "Qaldirg‘och" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik...

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....
KunTun
KunTun