50 yillik avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi

Date:

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan ishlab chiqarilganiga 50 yil to‘lgan avtomoto-transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Bunday transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqariladi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Antikvar avtomobillar ushbu tartibdan mustasno bo‘ladi.

Shuningdek, qaror loyihasida bolalar va yoshlar orasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish maqsadida “Yashil chiroq” tanlovi hamda “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur tashabbuslar “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun