Ziyorat va tarix chorrahasida

Date:

Surxondaryo o‘zining noyob arxeologik obidalari, tarixiy shaxslari, tabiiy go‘zalliklari hamda ziyoratgohlari bilan alohida ajralib turadi. Ushbu hududdagi eng muhim me’moriy yodgorlik-lardan biri — Al-Hakim at-Termiziy majmuasi bugungi kunda viloyat ichki va tashqi turizm imkoniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Majmua Termiz shahrida, Amudaryo bo‘yida joylash-gan bo‘lib, gumbazli maqbara, chillaxona, bog‘ va muzeydan iborat. Me’moriy uslubda Surxon an’anaviy bezaklari, Qur’on oyatlari va naqshinkor elementlar qo‘llanilgan. Chillaxonalar qadimda davolash va saqlash maqsadida ishlatilgan. Bu yer nafaqat arxitektura yodgorligi, balki musulmon olamida ziyorat qilinadigan muqaddas qadamjo sifatida ham tanilgan.
Majmua ziyorat turizmi uchun muhim manzil bo‘lib, har yili minglab mahalliy va xorijiy ziyoratchilarni qabul qiladi. Bu esa:
— Mahalliy infratuzilmaning rivojlanishiga;
— Mehmonxona, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarining kengayishiga;
— Madaniy merosni targ‘ib qilishga;
— Mahalliy aholi bandligi-ning oshishiga xizmat qilmoqda.
At-Termiziy majmuasi — nafaqat mahalliy, balki chet ellik sayyohlar uchun ham qiziqarli va ma’naviy jihatdan muhim manzildir. Yevropa va Osiyodan kelayotgan sayyohlar qadimiy islom me’morchiligiga, sayyidlar nasl-nasabiga qiziqish bilan qaraydilar. Bu esa majmuaning diniy-ma’naviy ahamiyati bilan birga, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda majmua atrofida infratuzilma sezilarli darajada o‘zgardi. Yo‘llar ta’mirlandi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi, yo‘lovchi transport tizimi yaxshilandi. Termiz shahri orqali xalqaro aeroport, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali yurtimiz va xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar ushbu obidaga bemalol tashrif buyurishlari mumkin. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar tomonidan majmua atrofida mehmonxonalar, milliy oshxonalar, esdalik sovg‘alari do‘konlari faoliyat yuritmoqda. Bu esa iqtisodiy jihatdan ham hudud aholisiga foyda keltirib, turizmni ijtimoiy-iqtisodiy vosita sifatida mustahkamlab bormoqda.
At-Termiziy majmuasi yoshlar tarbiyasida, milliy g‘urur va ma’naviy merosni anglashda ham muhim rol o‘ynaydi. Tarixiy yodgorliklar bilan bevosita tanishish, ularning asliga ko‘z bilan guvoh bo‘lish yosh avlodda o‘z tarixiga, e’tiqodiga va milliy qadriyatlariga nisbatan iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu jihatdan ham mazkur majmua nafaqat sayyohlik nuqtayi nazaridan, balki ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot vositasi sifatida ham alohida e’tiborga loyiq.

Mamasoat Raimov,
TerDU o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi

Hukumatning 2025-yil 30-sentyabrdagi 614-son qarori bilan “Texnikumlarda xorijiy taʼlim...

Ijod va xotiralar oqshomi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar...

Kreditlar ajratish tartibi belgilandi

O‘zbekiston hukumati qarori bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga...

Haydash hujjatsiz, qolmas javobsiz

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab hujjatsiz skuter va moped haydovchilariga...
KunTun
KunTun