Yangi hayot sari dadil qadam

Date:

Denov tumanida o‘tkazilgan tantanali tadbirda bir guruh fuqarolarga yangi turdagi ID-kartalar topshirildi. Hujjatlarni tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Normurodov hamda IIB MvaFRB boshlig‘i S. Jumayeva shaxsan topshirib, ularning hayotidagi muhim daqiqaga guvoh bo‘ldilar.

Serdar Allaberdiyev, Sojida Yaxyoyeva, Ominaxon Yaxyoyeva, Dano Iminova va Nazokatxon Rasulova endilikda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat egalariga aylandilar.

Bu oddiygina hujjat emas – u insonning jamiyat hayotiga to‘laqonli qo‘shilish yo‘lini ochadi. ID-karta orqali fuqarolar davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishi, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, turli ijtimoiy imkoniyatlardan bemalol bahramand bo‘lishi mumkin. Avvallari hujjatsiz qolib, ko‘plab muammolarga duch kelgan insonlar uchun esa bu hujjat yangi hayot sari tashlangan dadil qadamdir. Denovdagi tadbir nafaqat hujjat topshirish marosimi, balki jamiyatda insonparvar siyosatning amaliy ifodasiga ham aylandi. Endi bunday imkoniyatlar tufayli minglab yurtdoshlarimiz hayoti yengillashadi, orzulari ro‘yobga chiqadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda yangi sahifa

Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilidan boshlab xorijiy filologiya fakulteti...

Mahalla aholisi uchun yangi tibbiy maskan

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Istiqlol” mahallasida bugun quvonchli voqea – “Oila...

Yangi hayot sari dadil qadam

Denov tumanida o‘tkazilgan tantanali tadbirda bir guruh fuqarolarga yangi...

Tadbirkorlik uchun yangi maydonlar ochilmoqda

Tadbirkorlik – nafaqat iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, balki yangi ish...
KunTun
KunTun