Yoshlar — yurt kelajagi va kuch-qudrati

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Chunki ertangi kun taraqqiyoti, Vatanimizning yorqin istiqboli aynan ularning bilimli, sog‘lom va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Shu maqsadda barcha hududlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz garnizonidagi harbiy qism bu borada amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yib, 370 nafar ehtiyojmand yoshlar va ularning oilalarini o‘rganib chiqdi. Har bir yosh uchun mas’ullar biriktirilib, ularga zarur yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida yashovchi Bo‘ronov Baxtiyor xonadoni harbiylar ko‘magida ta’mirdan chiqarildi, o‘zi esa oshxona ishchisi sifatida ish bilan ta’minlandi. Bu nafaqat moddiy ko‘mak, balki inson qadrini ulug‘lashning yorqin ifodasidir.

Muzrabodlik Rajuf Nurmamatov esa “Jasorat maktabi” yig‘inida ishtirok etmoqda. U harbiy qism komandirining shaxsiy qaramog‘iga olinib, kelajakka ishonch bilan qadam tashlashi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Termizlik Lazizbek Boboxonov esa hozirda sport ustalari rahbarligida jismoniy tayyorgarligini mustahkamlab, Vatan sha’nini himoya qilishdek yuksak maqsad sari intilmoqda.

Bunday tashabbuslar yoshlar qalbida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi. Zero, yoshlarning ezgu intilishlari va orzularini ro‘yobga chiqarish — yurtimiz taraqqiyotining eng muhim garovidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun