O‘zboshimchalik jazolanadi

Date:

Qonunchilik palatasi yalpi majlisida atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Qonun loyihasi bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarga, Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, konstitutsiyaning 49-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarning atrof-muhit holati haqida ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini ta’minlash uchun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlarini Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga real vaqt rejimida kiritish belgilovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik, ko‘p kvartirali uyga tutash tuproq va yashil qoplamali yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik hamda aholi punktlari va shahar markazlarida oldindan mavjud bo‘lgan ariqlar, irrigatsiya tizimlarini o‘zboshimchalik bilan ko‘mib tashlaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. O‘rmon fondi yerlarini qonunga xilof ravishda berish va ularda bino-inshootlar va imoratlarni qurish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun