Ro‘yxatga olish — muhim tadbir

Date:

Mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini belgilashda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini aniqlash juda muhim. Bunda ro‘yxatga olish dolzarb ahamiyatga ega.Yurtimizda umummilliy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1989-yilda o‘tkazilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, aholini har o‘n yilda, qishloq xo‘jaligini har 5 yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan. Shu bois, 2021-yilda aholini, 2022-yilda esa qishloq xo‘jaligini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish belgilangan edi. Lekin to‘laqonli ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur omillar va xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish ma’lum vaqtni taqozo etishi bois, bu tadbirni o‘tkazish muddati uzaytirildi.
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bosqichida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshirilishi belgilanmoqda. Mazkur usul orqali xarajatlar sezilarli qisqarib, 1,3 trillion so‘m mablag‘ tejaladi.Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlari oddiy va shaffof tarzda tashkil etiladi. Savollarning soni avval rejalashtirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.
Ro‘yxatga olish natijasida Yevropa statistiklar konferensiyasining 2020-yildagi tavsiyalari asosida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilayotgan yillik 25,6 trillion so‘m, jumladan, 2,2 trillion so‘m byudjet mablag‘larining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlar to‘plami yaratiladi.
Ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun “mahalla yettiligi” maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi va rag‘batlantiriladi. Buning uchun Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan statistika tizimini mustahkamlash loyihasining mablag‘lari yo‘naltiriladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Maxsus ko‘rsatuv va videoroliklar namoyish etilib, fuqarolarning xabardorligi oshiriladi.
Umuman, mazkur tadbirlar aholi va qishloq xo‘jaligining real ko‘rsatkichlarini aniq belgilash, davlat dasturlarini maqsadli hamda samarali amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yusuf Turdiyev,
Termiz shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun