Nazorat kuchaytirildi

Date:

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan sentyabr oyida Termiz shahri va tumanlarda faol olib borilayotgan qurilish obyektlarida keng ko‘lamli monitoring ishlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida jami 2 ming 192 ta qurilish obyekti o‘rganildi. Unda qurilish-montaj ishlarining sifati, qurilish me’yor va qoidalariga amal qilinishi, shaharsozlik va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqlik sinchiklab tekshirildi.


Monitoring jarayonida ayrim obyektlarda qurilish ishlari hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan olib borilgani, qurilish materiallari sifatiga e’tiborsizlik qilingani, texnika xavfsizligi qoidalari buzilgani hamda g‘isht terish va beton quyishda sifatsizlikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida pudratchi va buyurtmachilarga 1 646 ta yozma ko‘rsatma berildi, ogohlantirishlar qilindi hamda ularni bartaraf etish uchun aniq muddatlar belgilandi.


Inspeksiya tomonidan olib borilayotgan tizimli nazorat ishlari qurilish sohasida qonuniylikni, tartib-intizomni va sifatni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Kelgusida ham barcha qurilish obyektlarida shaffoflikni kuchaytirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash va sifatli bunyodkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil nazorat davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun