Hamkorlik – farovon hayot asosi

Date:

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi davlatlararo hamkorligi – xalqimizning farovon hayotining asosidir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi hamda oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etildi. Unda ishtirok etgan ma’ruzachilar Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeyi, amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Tadbir davomida yoshlar va harbiy xizmatchilar ongida vatanparvarlik, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ular orqali tarixiy voqealar, vatan himoyasi va milliy qadriyatlar kabi muhim mavzular yoritildi.

Yakunda mehmonlar va yoshlar harbiy qismdagi zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy xizmatchilarning kundalik turmush tarzi hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun