Oltin zanjir

Date:

Bir ayol dugonasining tug‘ilgan kuniga oltin zanjir sovg‘a qildi. U butun maoshini shunga sarfladi, garchi u “otning kallasidek” maosh olmasa-da. Ammo u nozik va judayam chiroyli tilla zanjirni sotib oldi va dugonasiga sovg‘a qildi. U va dugonasi bitta zavodda ishlashardi, shu bois bu gap kollektiv ichida virusdek tez tarqaldi. Va, tabiiyki, barcha uni qilgan ishi uchun ayamay tanqid qildi:

“Tug‘ilgan kun uchun tilla zanjir??? Tomi ketganmi buni?”Sal tilli-jag‘lisi barchaning ichida so‘radi: “Sening pulingni hisob-kitob qilish mengamasu, ammo dugona uchun tilla zanjir sovg‘a qilish arzidimi? Bir oy o‘lib-tirilib ishlagan maoshinga-ya?! U senga nima bergandi, nima sovg‘a qilgandi o‘zi? Bunday be’mani isrofgarchilikni o‘ylasam, asabim qaqshab ketyapti. Qizimmi, singlimmi shu ishni qilganida, urib o‘ldirardim”.

Zavod — oddiy odamlar, diplomatik suhbatlardan ko‘ra, jaydar tillarda gapirishadi-qo‘yishadi. “Aybdor ayol” qisqacha javob berdi: “U menga murabbo sovg‘a qilgandi”. Yana qanday murabbo? Qulupnay va shakarga solingan qandaydir bitta banka uchun bir oylik maosh puliga tilla zanjir?

“Men kasalxonada holsiz, madorisiz yotgan chog‘imda u menga qo‘ng‘iroq qilib nima yeyishni istayotganimni so‘radi. Bemor odamga kichik ruhiy dalda ham qimmatsiz narsa — unga negadir issiq non ustiga surilgan murabbo yeyishni istayotganimni aytdim. U menga o‘zi yopgan qulupnayli murabbo keltirdi, holbuki, u shifoxonadan bir yarim soatlik uzoq masofada yashar edi va o‘sha kunlari havo -15-20 atrofida edi. Buning nima ekanligini sizga tushuntirib bera olmayman va qo‘rqamanki, siz ham tushunmaysiz. Agar menda milliard dollar pul bo‘lsa ham, o‘sha kuni men uchun keltirilgan murabboning qiymaticha bo‘la olmaydi. Ammo menda faqat maoshim bor. O‘sha dugonamning mehri, g‘amxo‘rligi va murabbosi sabab men tushkunlikdan chiqib, tuzalib ketdim. Sizga tushuntira oldim, deb o‘ylayman”, dedi ayol barcha kollektivga.

Kollektivdagilar tarqalishdi. Ular robot emas, inson edilar va tabiiyki, xayollaridan bir savol ketmay qoldi: “Mening ham shunday dugonam, do‘stim bormi?”

Gap murabboda ham, tilla zanjirda ham emas. Bu hayotda kimgadir chin ma’noda kerakli bo‘lish qanday yaxshi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun