Renovatsiya — yangi imkoniyatlar

Date:

Yurtimizda aholiga qulay turar joylar yaratish, mahallalarning shaharsozlik qiyofasini yangilash maqsadida renovatsiya dasturlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanidagi tashrifi davomida Kattahayot mahallasida qad rostlayotgan 7 qavatli uylar qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi. Qurilish sifatini oshirish va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mahallada 90 orinli maktabgacha talim muassasasi qurilishi loyihasi taqdim etilib, bogcha bunyodkorligini boshlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Tashrif davomida M-39 avtomagistrali boyida hamda Taroqli mahallasida barpo etilishi rejalashtirilgan uyjoy va savdo majmualari loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi loyihalardagi sustkashliklarni bartaraf etish, ishlarni tezlashtirish va takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun