Yangi vosita alkogolizmni davolaydi

Date:

O‘zbekistonda surunkali alkogolizmga qarshi farmakologik vosita davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, huquqiy muhofazaga olindi.

Alkogolizm insonda spirtli ichimliklarga patologik ishtiyoq, ruhiy va jismoniy qaramlik bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Yangi vosita aynan shu muammoni bartaraf etish maqsadida yaratilgan.

Ixtiro tibbiyotning bir nechta yo‘nalishlarida, jumladan, farmakologiya va narkologiya sohasida qo‘llanishi mumkin. Asosiy vazifasi alkogolizmning I va II bosqichida samarali davo berish hamda uning qayta takrorlanishini oldini olishdir.

Mutaxassislar fikricha, bunday patentning olinishi ilmiy ishlanmalar mualliflarini huquqiy jihatdan to‘liq himoya qiladi. Bu esa ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratib, noqonuniy foydalanishdan muhofaza qiladi. Shu bilan birga, ixtiro egasi undan iqtisodiy manfaat ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Adliya vazirligi aholini yangi ixtirolarini rasmiylashtirishga chaqirar ekan, arizalarni im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda topshirish mumkinligini eslatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun