Kitobxonning otasiga rahmat

Date:

Kitob – insonni yaxshilikka, ezgulikka va poklikka yetaklaydigan bebaho manbadir. U orqali inson o‘z o‘tmishi va bugunini anglaydi, kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi. Kitob mutolaasi kishini bilimli, tafakkuri teran, nutqi ravon va madaniyatli shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitobga mehr uyg‘otish jamiyatning har bir a’zosi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda yurtimizda kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Tanlov va festivallar, elektron kutubxonalar tashkil etilishi – barchasi bilimli va ma’rifatli avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Ana shunday ezgu sa’y-harakatlar samarasida, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi. 10–14 yosh toifasida Guliston mahallasidan Botir Zokirov, 15–19 yosh toifasida Muzrabot tumani Yangiyer mahallasidan Madina Menglimahmatova, 20–30 yosh toifasida esa Qumqo‘rg‘on tumani Hunarmandlar mahallasidan Maxbuba Jo‘rayeva faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan ularning ota-onalariga O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Q.Quranboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori O.Xasanov imzolagan tashakkurnomalar topshirildi.

Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi g‘oliblarni samimiy tabriklab, kelgusida yanada yuksak marralarni egallashida omad tiladi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun