Ishlar jadallik bilan davom etmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida aholining turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish va shaharsozlik qiyofasini yangilash maqsadida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Termiz shahrida mazkur yo‘nalishdagi loyihalar amaliy o‘rganildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov dastlab “Zarbdor” tajribasi asosida drayver loyihalarni joriy etish jarayonlari hamda “Bolajon” bog‘ini suv bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan kanal rekonstruksiyasining yakuniy bosqichini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yangi turar-joy majmualarining taqdimoti bilan ham tanishildi.

Tashrif davomida 2,6 gektar maydonda barpo etilayotgan “Temirchilik klasteri” va qurilish materiallari sanoat zonasi, “Movaro” turar-joy majmuasi hududidagi 24/7 turizm ko‘chasi hamda undagi savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari, “Kattabog‘” mahallasida qurilayotgan turar-joylar, mehmonxona va savdo kompleksi, shuningdek, turizm ko‘chasi qurilishlari o‘rganildi. Shuningdek, transport va harakat xavfsizligini ta’minlash, yangi avtoturargohlar tashkil etish hamda “Yangi Termiz siti” majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid mas’ullar hisobotlari tinglandi. Viloyat rahbari qurilishlarni jadallashtirish, loyihalarga takliflarni takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan topshiriqlar berdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun