Tilga hurmat – Vatanga ehtirom

Date:

Jamiyat taraqqiyoti, millat birligi va madaniyati avvalo, tilga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Shu bois, davlat tilining nufuzini oshirish va reklama sohasida qonun talablariga qat’iy amal qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Qumqo‘rg‘on tumanida hokimlik huzuridagi ishchi guruh “JUST MEGA LINE” MCHJ va “AZZAM PLUS SERVIS” xususiy korxonalarida olib borilgan o‘rganishlarda reklama faoliyatining qonunchilikka muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlarga “Davlat tili to‘g‘risida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilish, reklama matnlarini tayyorlashda milliy qadriyatlarga va o‘zbekona ifodalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, davlat tilining to‘g‘ri va keng qo‘llanishi nafaqat qonunchilik talabi, balki jamiyatning ma’naviy qiyofasi va milliy g‘ururining ifodasidir.

Ma’lumot uchun: “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, belgilangan qoidalarga amal qilmaslik, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima qo‘llanishiga olib keladi.

Tilga hurmat – jamiyatga, millatga, Vatanga bo‘lgan ehtiromdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun